Chang’an universiteti bilan hamkorlik istiqbollari
Toshkent gumanitar fanlar universiteti ta’sischisi J.S. Saburov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Chang’an universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Chang’an universitetida xorijiy talabalar ta’limining 70 yilligi (1956–2026) munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro tadbirlarda ishtirok etdilar.
Shuningdek, dunyoning besh qit’asidan kelgan talabalar birdamligi va madaniyatlararo muloqot ramzi bo‘lgan “Besh qit’a bog‘i” hududidagi maxsus tosh monumentning ochilish marosimida qatnashdilar.
Uchrashuvlar davomida ikki universitet o‘rtasida akademik hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif Toshkent gumanitar fanlar universitetining xalqaro aloqalarini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish va yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
ТАШКЕНТСКИЙ ГУМАНИТАРНЫЙ УНИВЕРСИТЕТ