🌳Toshkent gumanitar fanlar universitetida atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
🌳Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitetimizning iqtidorli va tashabbuskor talabalari ishtirokida navbatdagi ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi.
🌳Aksiya davomida talaba-yoshlar tomonidan iqlim sharoitiga mos bo‘lgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
🌳Mazkur tadbir nafaqat muassasa hududining estetik qiyofasini yaxshilashga, balki hududdagi ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
📞Telefonlar:
Toshkent kampusi:
+99855-555-15-55
Samarqand kampusi: +99855-510-88-66
Toʻrtkoʻl kampusi:
+99897-895-88-88
ТАШКЕНТСКИЙ ГУМАНИТАРНЫЙ УНИВЕРСИТЕТ