Toshkent gumanitar fanlar universitetining (TGFU) Samarqand kampusida talaba-yoshlar o‘rtasida she’riyat tanlovi boshlandi.
Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning adabiyot va she’riyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yosh iste’dodlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Ushbu ijodiy bellashuv kampusning iqtidorli yoshlarini birlashtirib, ularga o‘z mahoratlarini namoyish etish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
TASHKENT UNIVERSITY OF HUMANITIES