SABUROV JUMANAZAR SALIYEVICH — To‘rtko‘l shahridagi Toshkent gumanitar fanlar universiteti asoschisi va amaldagi Moliya va iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor, iqtisodchi olim, dotsent.
1959-yil 9-may kuni Qoraqalpog‘iston Republikasi To‘rtko‘l tumanida tavallud topgan.
MA’LUMOTI VA MALAKASI
1980–1982-yillar: Respublika qishloq xo‘jaligi texnikumi (Toshkent).
1991–1996-yillar: Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti Iqtisodiyot fakulteti (buxgalteriya hisobi, nazorat va
xo‘jalik faoliyatining tahlili yo‘nalishi).
MEHNAT FAOLIYATI
2022-yilda – To‘rtko‘l shahridagi Toshkent gumanitar fanlar universiteti asos soldi.
2022-yildan 2025-yilgacha – Toshkent gumanitar fanlar universiteti rektori.
2025-yildan hozirgacha – Toshkent gumanitar fanlar universiteti Moliya va iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor.
2026-yil 1-sentabrdan: “SOLIY OTA INTERNATIONAL SCHOOL IN TURTKUL” MChJ Xalqaro maktabi asoschisi.
MUKOFOTLAR VA UNVONLAR
Turon Fanlar akademiyasining “Turon Fanlar akademiyasiga 10 yil” ko‘rak nishoni (2024).
Qirg‘iz Respublikasi Ta’lim va fan vazirligining esdalik nishoni.
ILMIY VA USLUBIY ISHLARI
Jumanazar Saburov bir qator darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ilmiy maqolalar muallifidir
(hammualliflikda):
Darsliklar:
“Iqtisodiyot nazariyasi” (Toshkent.: “ZEBO PRINTS”, 2026. — 528 b.).
O‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar:
“Qoraqalpog‘istonning janubiy tumanlarida dehqonchilik yuritishning ilmiy, amaliy va iqtisodiy
asoslari” (Toshkent.: “Kitob nashr print”, 2025. — 200 b.).
“Raqamli iqtisodiyot fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma” (Toshkent: “TA’LIM PRINT”, 2026. —
84 b.).
“Global iqtisodiy rivojlanish” (Toshkent: “TA’LIM PRINT”, 2026. — 112 b.).
“Soliq va soliqqa tortish fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma” (Toshkent: “TA’LIM PRINT”, 2026. — 120 b.).
Kitob va ilmiy maqolalar:
“Dars jarayonida guruhiy ishlash texnologiyalaridan foydalanish” (2024).
“Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200-yilligi” (2024).
“Behbudiy hayotiga bir nazar” (2025).
TASHKENT UNIVERSITY OF HUMANITIES