+998 55 555-15-55info@tgfu.uz

Toshkent gumanitar fanlar universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori

Toshpulatova Dilorom Bobanazarovna 1984-yil 19-mayda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda Jizzax davlat pedagogika institutini o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

 

Mehnat faoliyatini 2007-yilda Jizzax davlat pedagogika institutining “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasida o‘qituvchi sifatida boshlagan. 2010–2021-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Yangiyo‘l akademik litseyida ona tili va adabiyot fanidan oliy toifali o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

 

2021–2022-yillarda Chirchiq davlat pedagogika institutida “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan. 2022–2025-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligining Yangiyo‘l shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga direktorlik qilgan.

 

2025-yil 23-sentabrdan Toshkent gumanitar fanlar universitetida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Dilorom Toshpulatova oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.

 

Ingliz va rus tillarini biladi.

2024-yildan Toshkent viloyati “Direktorlar kengashi” raisi sifatida ham faoliyat yuritadi.