Professor Ibroxim Xabibullayev yarim asrdan buyon yer osti suvlari harakatini matematik modellashtirish bilan shug‘ullanadi. Uning bu yo‘nalishdagi ilk dasturi 1976-yilda chop etilgan.

Takroriy ekin ekiladigan hududlarda olib borilgan izlanishlar natijasida yaratilgan “Takroriy ekin ekiladigan hududlarda yer osti suvlari harakati” dasturi 2023-yil 21-noyabrda Dasturiy mahsulotlar davlat reyestridan o‘tkazildi va DGU 29596 raqamli guvohnoma bilan tasdiqlandi.

Professor 250 dan ortiq ilmiy ish, 4 ta monografiya, 30 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanma hamda 15 dan ortiq mualliflik guvohnomasi va patent muallifi.

Professorning ilmiy faoliyati, patentlari va asarlari bilan batafsil tanishish uchun: shaxsiy ilmiy portfolio.