Ko‘p so‘raladigan savollar
Savol va javoblar
Abituriyentlar tomonidan tez-tez beriladigan savollarga javoblar.
Universitetda nechta ta’lim yo‘nalishi mavjud?
23 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishi bo‘yicha, jami 26 dan ortiq yo‘nalishda ta’lim beriladi.
Grant asosida xorijda o‘qish imkoniyati bormi?
Ha. Bakalavriat talabalari ikkinchi kursdan so‘ng grant asosida Xitoy, Koreya, Yaponiya, Malayziya, Rossiya va Italiyadagi hamkor universitetlarda o‘qishni davom ettirishi mumkin.
Universitetning nechta kampusi bor?
Uchta — Toshkent, Samarqand va To‘rtko‘l shaharlarida.
Kontrakt narxi va grant miqdori qancha?
Aniq narxlar tez orada shu saytda e’lon qilinadi. Hozircha Kontrakt bo‘limi (+998 97 863-88-88) bilan bog‘lanishingiz mumkin.
Qabul bo‘yicha qo‘shimcha savollarim bo‘lsa, kimga murojaat qilaman?
Call-markazga qo‘ng‘iroq qiling: +998 78 888-66-66, yoki info@tgfu.uz manziliga yozing.
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI