+998 55 555-15-55info@tgfu.uz

Toshkent gumanitar fanlar universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun iqtidorli, faol va ijodkor abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish maqsadida turli yo‘nalishlarda ta’lim grantlari va imtiyozlar taqdim etadi. Grant miqdori ta’lim yo‘nalishi va shartlarga qarab o‘zgarishi mumkin; abituriyent yoki talaba bir vaqtning o‘zida faqat bitta grant-imtiyozdan foydalanishi mumkin (istisnoli holatlar bundan mustasno). Mazkur Nizom universitet rektori tomonidan 2025-yil 30-iyunda tasdiqlangan va shu kundagi 10-son Kengash yig‘ilishida muhokama qilingan.

2025/2026-o‘quv yili

Grant turlari va imtiyozlar

Turli toifadagi abituriyent va talabalar uchun mo‘ljallangan grant va imtiyoz turlari.

01

IELTS / TOEFL sertifikati asosida

Xalqaro tan olingan ingliz tili sertifikati (IELTS 5.5–9.0 yoki TOEFL 46–120) egalari suhbat asosida, imtihonlarsiz 10–50% miqdorida grantga tavsiya etiladi.

02

TOPIK / HSK sertifikati asosida

Koreys tili (TOPIK) yoki xitoy tili (HSK) sertifikatiga ega abituriyentlarga darajasiga qarab 10–40% miqdorida grant ajratiladi.

03

Milliy sertifikatlar asosida

Chet tili yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatga ega abituriyentlarga (B2–C2 yoki A+–C+ daraja) 10–40% miqdorida grant beriladi.

04

Fan olimpiadalari g‘oliblari

Xalqaro yoki respublika fan olimpiadalari g‘oliblariga imtihonsiz, faqat suhbat asosida 20–100% miqdorida grant ajratiladi.

05

Sport musobaqalari g‘oliblari

Olimpiya va paralimpiya dasturidagi sport turlari bo‘yicha jahon, Osiyo va respublika musobaqalari g‘oliblariga 5–50% miqdorida grant beriladi.

06

Ijodkor va iqtidorli yoshlar

Ijodkor, hunarmand, ixtirochi va san’atkor yoshlar ijodiy ishlari asosida suhbat orqali 5–15% miqdorida grantga ega bo‘lishlari mumkin.

07

Oltin medal egalari

Maktab, litsey, kollej yoki texnikumni oltin medal bilan tamomlagan abituriyentlarga 10% miqdorida maxsus grant ajratiladi.

08

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun

I guruh nogironligi bo‘lgan talabalarga 100%, II guruh nogironligi bo‘lgan talabalarga 40% miqdorida grant beriladi.

09

Ta’lim imtiyozi — 1 000 000 so‘m

2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarga bir martalik to‘lov-shartnoma chegirmasi sifatida foydalaniladigan maxsus imtiyoznoma taqdim etiladi.

10

Erta to‘lov chegirmasi — 15%

Kontrakt to‘lovining 100% qismini joriy o‘quv yilining 10-sentyabriga qadar to‘lagan talabaga to‘lov summasidan 15% chegirma beriladi.

11

Ta’sischi granti

Universitet rivojiga ilmiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan munosib hissa qo‘shayotgan faol talabalarni rag‘batlantirish uchun beriladi.

12

Akademik mobillik dasturi

Xorijiy hamkor universitetlarda 1–2 semestr tahsil oladigan talabalar shu davr uchun to‘lov-shartnoma mablag‘idan ozod etiladi.

Yakuniy qoidalar

Abituriyent yoki talaba bir vaqtning o‘zida faqat bitta grant-imtiyozdan foydalanishi mumkin; bir necha imtiyoz qo‘shib hisoblanmaydi (istisnoli holatlar bundan mustasno).

Ta’lim granti pul mablag‘i (naqd yoki naqd bo‘lmagan) shaklida berilmaydi — faqat joriy o‘quv yilining to‘lov-shartnoma mablag‘ini to‘lash vaqtida bir martalik chegirma sifatida qo‘llaniladi.

Bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga grant bir o‘quv yili uchun ajratiladi; keyingi yillarda akademik ko‘rsatkichlari va ijtimoiy faolligi yuqori talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Grant yoki imtiyozga asos bo‘luvchi hujjatlar joriy o‘quv yilining 30-sentyabr sanasigacha universitetga taqdim etilishi shart, aks holda grant bekor qilinadi.

O‘zlashtirishning keskin pasayishi (masalan, GPA 3.0 dan past), ijtimoiy faollikning yo‘qligi, intizom qoidalarini buzish yoki universitet tadbirlariga sababsiz qatnashmaslik grantni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Taqdim etilgan xalqaro yoki milliy sertifikatlarning qalbakiligi aniqlansa, abituriyent yoki talaba o‘qishdan chetlashtiriladi, granti bekor qilinadi va bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beriladi.