🟢9-noyabr kuni Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.
🌳Katta tantana, ko‘tarinki shukuhda o‘tkazilgan marafon ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev, hududiy boshqarmalar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 1500 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida respublikamizning 14 hududidagi studiyalardan turib barcha kasbiy va oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn qatnashdi.
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI